» » “O‘zgidromet” qum bo‘roni kutilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zgidromet” qum bo‘roni kutilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Turkmanistonda kuchli shamol va qum bo‘roni kuzatilayotgani va bu hodisa O‘zbekiston hududiga ham tarqalishi to‘g‘risida xabar tarqaldi. “O‘zgidromet” bu xabarni rad etdi.

Qayd etilishicha, respublika hududida qum bo‘roni kutilmayapti. Avval xabar qilinganidek, 2-may kuni ob-havoning beqaror bo‘lishi, yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib sekundiga 15-20 metr, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

Mavzuga doir: Sinoptiklar O‘zbekistonda may oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют