» » Buffon, Pogba, Ronaldu. “Yuventus”ning so‘nggi 10 yillikdagi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Buffon, Pogba, Ronaldu. “Yuventus”ning so‘nggi 10 yillikdagi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi


Ispaniyaning AS nashri “Yuventus” klubining so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.

Undan “Yuventus”da hali ikki mavsum ham o‘ynamagan Krishtianu Ronaldu ham o‘rin oldi. Portugaliyalik futbolchi 2018-yilning yozida “Real”dan turinliklar safiga kelib qo‘shilgandi.

AS talqiniga ko‘ra “Yuventus”ning so‘nggi o‘n yillik ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Janluiji Buffon;

Himoyachilar: Shtefan Lixtshtayner, Jorjio Kyellini, Andrea Barzali, Aleks Sandro;

Yarim himoyachilar: Pol Pogba, Andrea Pirlo, Arturo Vidal;

Hujumchilar: Paulo Dibala, Karlos Teves, Krishtianu Ronaldu.

So‘nggi o‘n yil ichida “Yuventus” sakkiz marta A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi va ikki bor Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Joriy mavsum koronavirus tufayli to‘xtatilmasidan avval klub Italiya chempionatida yetakchilik qilayotgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...