» » Jennifer Eniston hamshiralarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ ajratdi

Jennifer Eniston hamshiralarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ ajratdi


51 yoshli amerikalik aktrisa Jennifer Eniston pandemiyaga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu haqda Cosmopolitan nashri xabar berdi.

Bred Pittning sobiq turmush o‘rtog‘i aslida xayriya ishlarini ko‘z-ko‘z qilishni xush ko‘rmasa-da, bu safar muxlislariga namuna bo‘lish maqsadida bu odatini istisno qildi. Eniston shifoxonada xizmat qilayotgan hamshiralar uchun mablag‘ ajratgan va bu mablag‘ni Amerika hamshiralar fondiga o‘tkazib bergan.

“Ularning jasorati, fidokorligi har qanday maqtovdan yuqori va ular bizning qo‘llab-quvvatlashimizga muhtoj. Siz hamisha bemorlar haqida qayg‘urasiz, siz — bizning qahramonimizsiz”, — deb yozgan Jennifer.

Aktrisa ajratilgan mablag‘ summasini oshkor qilishni istamagan, yordam berishni istovchilar uchun fond havolasini qoldirgan.

Avvalroq Jennifer koronavirusga chalingan hamshiraga kutilmagan videoqo‘ng‘iroq qilib, uning kayfiyati ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgandi. Shuningdek, aktrisa muxlislarini pandemiya vaqtida mas’uliyatli bo‘lishga chaqirgan.

Mavzuga doir:  Jahon yulduzlari koronavirusga qarshi kurashishga qancha mablag‘ ajratdi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют