» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1255 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1255 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 2-may kuni soat 15:30 gacha Namangan viloyatida koronavirusga chalingan 17 nafar, Toshkent shahrida 13 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan sakkiz nafar, Xorazm viloyatidan uch nafar, Andijon viloyatidan ikki nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Namanganda yangi sog‘ayganlarning bari kasallikni koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda yuqtirib olgan edi. Ulardan sakkiz nafari erkak, to‘qqiz nafari ayol. Bemorlarning bari Namangan viloyatidan (yetti nafari Namangan shahridan, besh nafari Uychi tumanidan, to‘rt nafari Namangan tumanidan, bir nafari Yangiqo‘rg‘on tumanidan). Ular orasida eng kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 6 yoshda. Viloyatda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 89 nafarga yetdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan sog‘ayib chiqqanlarning yetti nafari Toshkent shahridan, olti nafari Toshkent viloyatidan. Ularning olti nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan yetti nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning to‘qqiz nafari erkak, to‘rt nafari ayol; eng kattasi 54 yoshda, eng kichigi 2018-yilda tug‘ilgan. Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 393 nafarga yetdi.

Qoraqalpog‘istonda yangi sog‘ayganlarning bari Qoraqalpog‘istondan (yetti nafari Nukus shahridan, bir nafari Mo‘ynoq tumanidan) bo‘lib, ular kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan edi. Bemorlarning to‘rt nafari erkak, to‘rt nafari ayol; eng kattasi 65 yoshda, eng kichigi 12 yoshda. Qoraqalpog‘istonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 70 nafarni tashkil etmoqda.

Xorazmda tuzalganlarning bir nafari shu viloyatning o‘zidan, u kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan, qolgan ikki fuqaro Namangan va Samarqand viloyatlaridan. Ularning ikkisi ham Rossiyadan charter reys bilan kelgan va karantinga olingan, infeksiya aniqlangach, kasalxonaga yotqizilgan. Xorazmda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 138 nafarga yetdi.

Andijonda sog‘ayganlarning bir nafari Andijon shahridan, yoshi 45 da; yana biri Oltinko‘l tumanidan, 43 yoshda. Ular kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan. Viloyatda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 111 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, 2-may soat 15:30 holatiga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1255 nafarni tashkil etmoqda. Qayd etish joiz, jami qayd etilgan kasallanish holatlari soni 2094 tani tashkil etmoqda, o‘tgan vaqt davomida bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют