» » Toshkentda suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga gumanitar yordam to‘plash markazi tashkil qilindi

Toshkentda suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga gumanitar yordam to‘plash markazi tashkil qilindi


Toshkent shahar hokimligi va IIBB Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida ro‘y bergan to‘g‘on yorilishi natijasida talofat ko‘rganlar uchun markazlashgan insonparvarlik yordamini to‘plash markazini tashkil qildi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati. Markaz telefon raqami — (+998) 71 239-17-28.

Ko‘ngillilar har kuni kiyim-kechak, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlarini “Navro‘z” restorani yonidagi avtoturargohga (mo‘ljal — “Xalqlar do‘stligi” saroyi) quyidagi tartibda keltirishi mumkin:

Bu yerda aholi tomonidan yetkazilgan yordam yuklari maxsus ajratilgan avtobuslarda (yuk mashinalarida), barcha sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda, Sirdaryo viloyatiga jo‘natiladi.

“Sizdan iltimos, tushunmovchiliklar, firibgarlik holatlari ro‘y bermasligi uchun pul mablag‘larini yig‘ib hisob raqamlari yoki bank kartalariga jo‘natmang”, — deyiladi hokimlik axborotida.

Qayd etishlaricha, talofat ko‘rgan Sirdaryo viloyat aholisiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida hisob raqami ochilishi kutilmoqda, bu haqda qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.

Sirdaryo viloyatida 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan; 2-may tongi holatiga ko‘ra 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi; davlat rahbari “sharoit yaxshilanmagunicha birorta rahbar hech qayerga ketmasligi”ni ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют