» » Fabregas Neymarni Ronaldinyoga tenglashtirdi va uni superyulduz deb atadi

Fabregas Neymarni Ronaldinyoga tenglashtirdi va uni superyulduz deb atadi


“Monako” yarim himoyachisi Fransesk Fabregas PSJ hujumchisi Neymar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Neymarda Ronaldinyo darajasidagi salohiyat bor. U superyulduz, o‘yin taqdirini hal qila oladi. Neymar bilan birga o‘ynamaganimga ancha bo‘ldi, biroq yaqinda u PSJ bilan ikki o‘yinda bizni ko‘mib yubordi.

Lionel Messi, Luis Suares va qolgan barcha uni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi, chunki u teng kurashlar ostida o‘tayotgan o‘yinning istalgan vaqtida uzatma amalga oshirishi yoki raqibni aldab o‘tishi mumkin.

Eng yaxshiga aylanish uchun Neymarda barcha narsa bor. Maydondan tashqarida ham u juda yaxshi yigit. Neymar yosh bolaga o‘xshaydi, u har doim quvnoq va hayotdan zavq oladi”, — deydi Fabregas.

Mavzuga doir: “Eshagidan to‘qimi qimmat”. Neymarning bir o‘yini PSJga 4 mln yevroga tushmoqda

Eslatib o‘tamiz, Fabregas va Neymar 2013/2014-yilgi mavsumda “Barselona”da birgalikda harakat qilgan.

Neymar joriy mavsum PSJ safida 22 o‘yin o‘tkazib, 18 gol va o‘nta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют