» » Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 kishiga yetdi

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 kishiga yetdi


Tojikistonda 2-may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 32 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “Asia-Plus”. Kasallanganlarning 15 nafari Dushanbe shahrida, 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa respublikaga bo‘ysunuvchi tumanlarda qayd etilgan.

Xabarda aytilishicha, bu ma’lumotlar mamalakat Sog‘liqni saqlash vazirligining Facebook’dagi sahifasidan olingan bo‘lib, vazirlik sayti yaxshi ishlamayapti.

Mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki ma’lumot 30-aprel kuni e’lon qilingandi.  Unda 15 kishida koronavirus aniqlangani, kasallanganlarning 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa Dushanbe shahrida ekanligi ma’lum qilingan.

Shu bilan birga, ular qayerda va qanday qilib virus yuqtirib olgani, qaysi kasalxonaga yotqizilgani kabi kasallanish holatlari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Bugun Tojikistonga JSSTning missiyasi uchib kelgan. Avvaloq JSST ekspert komissiyasi mamlakatga tashrifidan so‘ng brifing o‘tkazishi va tahlil bo‘yicha vaziyat qanday ekani borasida rasmiy ma’lumot beradi.

Avvalroq Jahon banki Tojikistonda 21 ming nafar odam koronavirusdan vafot etishi mumkinligini taxmin qilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют