» » Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda

Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda


O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning xonadoni oldida 1-may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida ro‘y bergan avariyadan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘planmoqda.

Yulduz Usmonovaning Instagram sahifasida insonparvarlik yordamini to‘plash jarayoni jonli efirda namoyish etilmoqda.

Toshkent shahrining turli burchaklaridan kelgan odamlar pul, ro‘zg‘or buyumlari va kiyim-kechaklar tashlab ketmoqda. Jonli efirdagi kadrlardan Yulduz Usmonova xonadonining tashqari hovlisi kiyim-kechak va turli buyumlarga to‘lib ketganini ko‘rish mumkin.

Xonandaning o‘zi pul mablag‘larini sanab olib, xayrli ishga qo‘l urganlarning har birining ismini yozib olmoqda.

Xonandaning muxlislari uning qilayotgan ishini olqishlagan. Insonparvarlik yordamini yuborishga qaror qilganlarning aksariyati xonandaning jonli efirini ko‘rganidan so‘ng uning xonadoniga oshiqqanini aytgan.

Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov barcha san’atkorlarni sardobaliklarga yordam berishga chaqirgan. Ozodbek Nazarbekov 5-may kuni vazirlik tashabbusi bilan Sardoba tumani tomon insonparvarlik karvoni yo‘lga chiqishini ma’lum qilgan.

View this post on Instagram

Жорий йилнинг 5 май куни Маданият вазирлиги ташаббуси билан СИРДАРЁ ВИЛОЯТИ, САРДОБА ТУМАНИ ТОМОН ИНСОНПАРВАРЛИК КАРВОНИ ЙЎЛГА ЧИ?АДИ. Шу муносабат билан мазкур хайрли ишга моддий ёки бош?а турда (кийим-кечак, маиший техника, канцтовар ва ?оказо) ?исса ?ўшмо?чи бўлганлар ўз кўмакларини “Ўзбекконцерт” давлат муассасаси Туркистон санъат саройига етказишлари, на?д пулсиз ёрдамларини эса ?уйидаги ра?амларга ўтказишлари мумкин. Uzcard, Click, Payme 8600 3329 5320 6368 Виза пластик карта ра?ами: 4084 1700 0068 2767 Мурожаат учун телефон ра?ами: +99899 0701133, +998951942323

A post shared by Nazarbekov Ozodbek Axmadovich (@ozodbek_axmadovich) on



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют