» » Baxtiyor Boboyev klubdan ketishi bilan “Bunyodkor” Mirjalol Qosimovga taklif bilan chiqqani aytildi

Baxtiyor Boboyev klubdan ketishi bilan “Bunyodkor” Mirjalol Qosimovga taklif bilan chiqqani aytildi


Toshkentning “Bunyodkor” klubi bosh direktori Baxtiyor Boboyev o‘z vazifasidan ozod etilgani taxmin qilingandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy axborot bermasidan turib, “Championat.asia” nashri navbatdagi yangilik haqida bong urdi.

Xabarda aytilishicha, “Bunyodkor” klubi Mirjalol Qosimovga taklif bilan chiqqan bo‘lishi mumkin. So‘nggi uch yil davomida “qaldirg‘ochlar” Sergey Lushchan bilan muvaffaqiyatga erisha olmadi. Qosimov davrida esa “Bunyodkor” o‘zining eng katta yutuqlarini qo‘lga kiritgandi.

Baxtiyor Boboyevning “Bunyodkor”dagi o‘rnini katta ehtimol bilan Murod Aliyev egallaydi. Bunga qadar Madaniyat va sport ishlarining vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Aliyev bugun — 18-aprel kuni klubga rasman tanishtirilishi kutilmoqda.

Klub bosh murabbiyi Sergey Lushchan iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini vaqtinchalik Hikmat Ergashev ham egallashi mumkin. Agar “Bunyodkor”ni Mirjalol Qosimov qabul qilib olsa, jamoa bilan xayrlashgan bir qator tajribali futbolchilar yana ortga qaytish istagini hozirdanoq bildira boshlagan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bunga qadar Dubay safarida bo‘lgan Mirjalol Qosimov Toshkentga yetib kelgan.

Опубликовано: admin (18-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют