» » O‘zbekistonda bir kunda 59 kishi koronavirusdan sog‘aydi, jami tuzalganlar soni 1271 nafarga yetdi

O‘zbekistonda bir kunda 59 kishi koronavirusdan sog‘aydi, jami tuzalganlar soni 1271 nafarga yetdi


Toshkentda 2-may kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan koronavirusga chalingan 8 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan ham 8 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayib chiqqanlarning ikki nafari erkak, olti nafari ayol; yetti nafari Toshkent shahridan, bir nafari Toshkent viloyatidan. Ular kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan; eng kattasi 60 yoshda, eng kichigi 12 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayib chiqqanlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol; 5 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan, 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ularning 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda kasallikni yuqtirib olgan, bir nafari esa Turkiyadan charter reys orqali kelgan, koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan; eng kattasi 34 yoshda, eng kichigi 3 yoshda.

Shunday qilib, Toshkent shahrida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 409 nafarga, O‘zbekiston bo‘yicha esa 1271 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, birgina 2-mayning o‘zida O‘zbekistonda 59 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi — avvalroq Namanganda 17 nafar, Toshkent shahrida 13 nafar, Qoraqalpog‘istonda sakkiz nafar, Xorazmdan uch nafar, Andijonda ikki nafar bemor sog‘aygani haqida xabar berilgan edi.

Ayni vaqtda, 2-may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq jami 2094 ta holat qayd etilgan, bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют