» » “Juda og‘ir bo‘lgandi”. Joze Mourinyoni yig‘latgan o‘yin ma’lum bo‘ldi

“Juda og‘ir bo‘lgandi”. Joze Mourinyoni yig‘latgan o‘yin ma’lum bo‘ldi


“Tottenhem” ustozi Joze Mourinyo murabbiylik faoliyati davomida uni yig‘lashga majbur qilgan mag‘lubiyatni yodga oldi.

Portugaliyalik mutaxassis “Real” bilan Chempionlar Ligasi 2011/12-yilgi mavsumi yarim finalida “Bavariya”ga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ygan vaqtda og‘ir hislarni tuyganini tan oldi.

“Bu futbol. Ronaldu, Kaka, Ramos — hech qachon shubha uyg‘otmagan uch nafar “qonxo‘r”, biroq ular ham odam. O‘sha kechasi murabbiylik faoliyatimda ilk bor va oxirgi marta yig‘laganman.

U onlarni yaxshi eslayman. Mashinada yordamchim Aytor Karanka bilan uyim yonida to‘xtadik va ikkimiz ham yig‘lab yubordik. Juda og‘ir bo‘lgan, chunki o‘sha mavsumda jamoam eng yaxshilardan biri edi”, — deydi Mourinyo.

Mavzuga doir: Joze Mourinyo: “Real”daligimda “Barselona”ning ustunligiga chek qo‘ygan edik

Mazkur qarama qarshilikning ikki o‘yini ham mezbon jamoalar foydasiga 2:1 hisobi bilan tugaydi. “Santyago Bernabeu”da kechgan javob o‘yinida penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. Unda “Real”dan faqat Xabi Alonso 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanadi, Krishtianu Ronaldu, Kaka va Serxio Ramos esa o‘z imkoniyatini ko‘kka sovuradi. Keyinchalik “Bavariya” finalda “Chelsi”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют