» » Shavkat Mirziyoyev Gulistonda yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Sardobadagi avariya oqibatlari tahlil qilingan, xulosalar chiqarilgan

Shavkat Mirziyoyev Gulistonda yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Sardobadagi avariya oqibatlari tahlil qilingan, xulosalar chiqarilgan


Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida yuz bergan favqulodda hodisa sababli 2-may kuni Guliston shahrida mutasaddi rahbarlar, huquq-tartibot idoralari mas’ullari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

“Tadbirda Sardoba suv ombori to‘g‘onining kutilmaganda ochilishi va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi, tegishli xulosalar chiqarildi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Aholi salomatligini saqlash, talafot ko‘rganlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy obyektlar va qishloq xo‘jaligi maydonlarini tezroq tiklash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

“Bugun butun mamlakatimiz e’tibori Sardoba tumanidagi tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etishga, suv toshqinidan aziyat chekkan yurtdoshlarimizga moddiy yordam ko‘rsatishga, ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Olijanob va mehr-oqibatli xalqimiz hamjihat bo‘lib, Sirdaryoga oziq-ovqat, issiq kiyim-bosh va boshqa zarur mahsulotlar yuklangan ko‘mak karvonlarini yubormoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan Prezident matbuot xizmati axborotida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют