» » Toshkentda 3-mayga o‘tar kechasi kuchli shamol va yomg‘ir kutilmoqda. Hokimlik avtomobil egalariga murojaat qildi

Toshkentda 3-mayga o‘tar kechasi kuchli shamol va yomg‘ir kutilmoqda. Hokimlik avtomobil egalariga murojaat qildi


Toshkent shahar hokimligi 3-may, yakshanba kuniga o‘tar kechasi kuchli shamol va yog‘ingarchilik kutilayotani bois shahar aholisiga murojaat qildi. Hokimlikning qayd etishicha, shamol daraxt shoxlarini sindiradigan darajada kuchli bo‘lishi mumkin.

“3-mayga o‘tar kechasi poytaxtimizda kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa daraxt va ularning shoxlarini sinishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin”, — deyiladi hokimlik axborotida.

“Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni iltimos kilamiz. O‘z mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang”, — deya qo‘shimcha qilingan Toshkent shahar hokimligi murojaatida.

Avvalroq, 27-aprel oqshomida Buxoro viloyatida yomg‘ir aralash kuchli shamol yuz berib, hodisa va uning oqibatlari haqidagi foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, poytaxt rasmiylari 28-aprelga o‘tar kechasi avtomobil egalarini shamoldan ogohlantirib chiqqan edi.

Mavzuga doir: Bunaqasi bo‘lmagan: Toshkentda IIB xodimlari avtomobil egalarini yarim tunda shamol xavfidan ogohlantirdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют