» » Toshkent viloyatida piyodalar o‘tish joyi chiroqlar bilan yoritiladi (foto)

Toshkent viloyatida piyodalar o‘tish joyi chiroqlar bilan yoritiladi (foto)


Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan ikkita piyodalar o‘tish joyi yangicha ko‘rinishda jihozlandi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat YHXBning ma’lumot berishicha, hozirgi kunga sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining har ikkitadan bittasi piyoda ishtirokida sodir bo‘lmoqda. Ushbu YTHlarning aksariyati esa kunning qorong‘i vaqtida yuz bermoqda.

“Yo‘llarda piyodalar ishtirokida sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan piyodalar o‘tish joylarida piyodalar uchun qulaylik yaratildi. Hozirgi kunda bu yerdagi ikkita piyodalar o‘tish joyi mutlaqo yangicha ko‘rinishda jihozlandi. Ya’ni yo‘lning butun eni bo‘ylab uch qator qilib yonib-o‘chib turuvchi chiroqlar o‘rnatildi. Qorong‘ida bu chiroqlar ancha uzoq masofadan ham haydovchilarga ko‘rinib turadi. Bu esa tunda sodir bo‘layotgan piyodalar ishtirokidagi YTHlarni oldini olishgan yordam beradi”, — deyiladi viloyat YHXB xabarida.

Piyodalar yo‘ldan o‘tishi oldidan yo‘l bo‘yiga o‘rnatilgan tugmani bosganidan so‘ng chiroqlar yonadi va 30 soniya davomida piyodalar yo‘lini yoritib turadi.

Toshkent viloyati IIBB YHXBning ma’lum qilishicha, kelgusida bu kabi chiroqlar viloyatning ko‘plab shahar va tumanlariga, ayniqsa, sun’iy yoritilmagan yo‘llarga o‘rnatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют