» » O‘zbekistonda bir kunda 32 kishida koronavirus aniqlandi, 59 bemor esa koronavirusdan sog‘aydi

O‘zbekistonda bir kunda 32 kishida koronavirus aniqlandi, 59 bemor esa koronavirusdan sog‘aydi


O‘zbekistonda 2-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 5 kishiga ko‘payib, 2118 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2-may davomida jami 32 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni vaqtda, 2-may davomida Namangan viloyatida 17 nafar, Qoraqalpog‘istonda sakkiz nafar, Xorazm viloyatida uch nafar, Andijon viloyatida ikki nafar, Toshkent shahrida 29 nafar — jami 59 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Jami sog‘ayganlar soni 1271 nafarga yetib, 2-may yakunlariga ko‘ra jami qayd etilgan kasallanish holatlarida sog‘ayganlar ulushi 60 foizni tashkil etdi.

Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida barcha bemorlar sog‘aygan bo‘lsa, undan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkich (76 foiz) Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Joriy haftada kasallanish holatlari va sog‘ayganlar soni quyidagi o‘zgarib turdi:

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют