» » Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga ezgu tilaklar yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga ezgu tilaklar yo‘lladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida qo‘shni mamlakatning birinchi prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyevga o‘zining salomi va ezgu tiklarini yo‘llagan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, telefon suhbati Qozog‘iston tarafi tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. “Qosim-Jo‘mart To‘qayevga quvvatlov uchun minnatdorlik bildirib, Shavkat Mirziyoyev ofat Qozog‘iston janubidagi bir qator aholi punktlariga ham daxl qilganini afsus bilan qayd etib o‘tdi. O‘zbekiston rahbari toshqindan zarar ko‘rgan hududlarni tezlikda qayta tiklash uchun hamkorlikda choralar ko‘rish niyatini bildirdi”, — deyiladi Oq o‘rda bayonotida.

Qayd etish joiz, telefon suhbatida koronavirus tarqalishiga qarshi kurash, ushbu sharoitda ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlar sur’atini saqlab qolish va boshqa masalalar ham muhokama qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют