» » Buxoroda 11 dona plastik karta va 958 dollarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda 11 dona plastik karta va 958 dollarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi


Buxoro viloyatida o‘zgaga tegishli 11 dona plastik karta hamda 958 dollar pulni o‘g‘irlagan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Peshku tumanida yashovchi 53 yoshli fuqaro N.O. joriy yil 27-aprel kuni Buxoro shahridagi Buxara City bosh ofisi yonida joylashgan dam olish shiyponchasida qoldirib ketilgan hamyonni o‘g‘irlagan.

Buxoro shahar IIBga murojaat qilgan toshkentlik Z.B. esa o‘sha kuni 958 dollar puli, 11 dona plastik kartasi, haydovchilik hamda avtomashina guvohnomasi solingan qora rangli hamyoni o‘g‘irlangani haqida xabar bergan.

Buxoro shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida hamyon o‘g‘risi N.O. qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (O‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ish yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют