» » Mikroto‘lqinli pechdan vaqtni tejab, foydalanish bo‘yicha 8 ta tavsiya

Mikroto‘lqinli pechdan vaqtni tejab, foydalanish bo‘yicha 8 ta tavsiya


Uy-ishlari kishining ko‘p vaqtini oladi. Vaqtni esa to‘g‘ri taqsimlab foydali va maroqli ishlar bilan shug‘ullanish, kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish, sayr qilish mumkin. Ayol kishi o‘rtacha umrining 18 yilini oshxonada o‘tkazar ekan. O‘zbek ayollarining oshxonaga sarflaydigan vaqtini esa hisobiga yetib bo‘lmasa kerak. E’tiboringizga vaqtni tejaydigan layfxaklarni taqdim qilamiz va tejalgan vaqtingizni o‘zingizga ajratib salomat va go‘zal bo‘lishga, qiziqarli kitob va jurnallar o‘qishingizni tavsiya qilamiz.

Tovuq go‘shtini tezda tayyorlash usuli

Tovuq go‘shtini maxsus idishga solib, tuz va ziravorlar seping undan so‘ng, yarim stakan suv soling va konteyner ustini maxsus yopishqoq “plyonka” bilan yoping hamda 15 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Tayyor bo‘lgan tovuq go‘shtini barra sabzavotlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Bunday usul bilan vaqtingizni tejashingiz va taomingiz mazali bo‘lishini ta’minlagan bo‘lasiz.

No‘xatni bir zumda pishirish usuli

No‘xatni kerakli hajmda olib idishga soling, ustiga kerakli miqdorda suv hamda bir chimdim ichimlik sodasi soling. Maxsus yopishqoq “plyonka” bilan yopib, 10 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Keyin 30-40 daqiqa no‘xatga tegmang idishda tursin. Bunday tayyorlangan no‘xat odatdagidan tezroq pishadi.

Bir vaqtda ikki taomni isitish mumkinmi?

Albatta, mumkin. Qolaversa bunday usul bilan bir vaqtning o‘zida vaqt va elektrni tejasa bo‘ladi. Bu juda oddiy, pechga birinchi chuqurroq tovada suyuq ovqatni ustiga tarelkada quyuq ovqatni ustma-ust qo‘ysangiz kifoya. Ikkala taom ham yaxshilab isishi uchun 3-3,5 daqiqani belgilang va hammasi tayyor, siz birinchi va ikkinchi ovqatni ortiqcha ovoragarchiliksiz yeyishingiz mumkin.

Sitrus mevalardan sharbat qilish

Limon, apelsin yoki greypfrutni 20 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Vaqt bo‘lgach, mevalar o‘rtasidan bo‘ling va stakanga sharbatni siqib oling.

Pitssani qanday isitsa qotib qolmaydi?

Pitssa bo‘lagini ustini yopmasdan mikroto‘lqinli pechda isitsa, u quruq va qattiq bo‘lib qolishini bilasizmi? Bunday bo‘lishini istamasangiz, isitishga stakanda suv bilan birga qo‘ying. Shundagina, yumshoq va issiq pitssa yeyishingiz mumkin.

Suvi qochgan nonni qanday isitish kerak?

Buning uchun sochiqni namlab, nonni sochiqqa o‘rash va 10 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yishning o‘zi kifoya.

Piyoz to‘g‘raganda ko‘z yoshlanmasligi uchun nima qilish kerak?

Javobi siz kutgandan-da, oddiyroq: piyozni ikki tarafini kesib, 20 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

Kartoshka fri sevuvchilarga oson usul

Kartoshkani kerakli shaklda kesib tarelkaga soling, ustidan o‘simlik yog‘i solib, ta’bga ko‘ra tuz seping. Keyin mikroto‘lqinli pechga qo‘yib, tayyor bo‘lgunicha kuting.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют