» » Shahzodalarning smartfonlari: Qirollik oilasi a’zolari gadjetlarga qanday munosabatda? (foto)

Shahzodalarning smartfonlari: Qirollik oilasi a’zolari gadjetlarga qanday munosabatda? (foto)


Texnologiyalar, telefon va internetsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin bo‘lib qoldi, “telefonga yopishib qolgan”, “qo‘lidan telefon tushmaydi ” iboralari bilan atrofdagilarga ta’rif berish yangilik emas endilikda. Hatto qirollik oilasi vakillari ham telefonsiz yura olmaydi, ular ham odam-da, axir boshqalar singari telefonda suhbatlashgisi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalangisi keladi. Cosmopolitan nashri e’tiboringizga Britaniya qirollik oilasi vakillarining gadjetlar bilan fotosuratchilar nishoniga tushgan suratlarni taqdim qiladi.

Shahzoda Garri

2019-yilda Garri va Meganning rasmiy Instagram sahifasi paydo bo‘lguniga qadar ham Garri smartfondan faol foydalangan. Bunga 2015-yilda olingan foto isbot bo‘lishi mumkin.

Pippa Middlton

Pippa Middlton va Otomn Fillipsning telefonda suratga olayotgani, nogironlar aravachasidagi sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan regbi musobaqasida jurnalistlar e’tiborini jalb qilmay qolmagan.

Malika Viktoriya 

Qirollik oilasining vakili degani boshqalardek yashash mumkinmas degani emasligini shved malikasi Viktoriyaning telefoni g‘ilofiga tushirilgan farzandlari suratidan ham bilsa bo‘ladi.

Zara Tindoll

Kim biladi, Zara ushbu suratda musobaqani Instagram’ga joylayotgan yoki natijasi bilan boshqalar singari maqtanyotgan bo‘lsa, ne ajab?!

Selfi kasaliga chalinganlar orasida shahzoda Frederik ham borga o‘xshaydi.

Shahzoda Loran

Muhim uchrashuv, marosim vaqtida ham zarur qo‘ng‘iroqqa javob berishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin-ku, axir. Shahzodaning rafiqasi esa boshqa ayollar singari erini turtib qo‘ymoqda.

Malika Beatriss

Malikalarning ham telefondagi suhbatdan ajablanishi, ko‘zlari katta-katta ochilishi mumkin.

Suratda Charlz rulda, rafiqasi qo‘ng‘iroqqa javob beryapti.

Shahzoda Endryuning sobiq rafiqasi telefondagi suhbatga berilganida, atrofidagi voqeaga e’tibor ham bermayapti.

Qirolichaning qiziga smartfonning o‘zi kamlik qilgan chog‘i, cho‘ntagiga ratsiya solib olgan.

Yoningda boshqa malika yoki shahzoda bo‘lishidan qat’?i nazar senda ham boshqa oddiy insonlar kabi atrofdagi qiziqarli voqeani suratga olishga xohish paydo bo‘lishi tabiiy.

Mashhurlar bilan suratga tushish, fanat bo‘lish hammaga xos ekanini malika Yevgeniyaning aktyor Jeyms Blant bilan birga selfiga tushayotganidan ham bilsa bo‘ladi.

Jiyan shahzoda amakisiga qiziqarli surat ko‘rsatyapti chog‘i.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют