» » G‘arb maxsus xizmatlari Xitoyni koronavirusga oid dalillarni yo‘q qilishda aybladi

G‘arb maxsus xizmatlari Xitoyni koronavirusga oid dalillarni yo‘q qilishda aybladi


Xitoy 2019-yilning oxirlarida Uxan provinsiyasi tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga oid dalillarni qasddan yo‘q qilib yuborgan. Bu haqda AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarini birlashtiruvchi “Besh ko‘z” razvedka alyansi tomonidan tayyorlangan 15 varaqli hisobotga tayanib, The Daily Telegraph xabar berdi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Xitoy hukumati koronavirus paydo bo‘lishiga oid har qanday ma’lumotni yashirib, shu orqali boshqa mamlakatlarni xavf ostiga qo‘ygan. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy COVID-19 borasida laboratoriyalarda o‘tkazilgan tajribalarga oid dalillarni ham yo‘q qilib, vaksina yaratish ustida ish olib borayotgan xorijlik olimlarga biomateriallarni taqdim etishdan bosh tortgan.

Hisobot mualliflarining fikricha, Pekinda o‘tgan yilning dekabr oyi boshida infeksiyaning odamdan odamga yuqishi borasida dalillar bo‘lgan, biroq buni 20-yanvarga qadar yashirib kelgan. Hujjatga ko‘ra, 3-yanvar kuni Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi koronavirus namunlarini yo‘q qilish va noma’lum infeksiyasi haqida ma’lumotlarni e’lon qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Daily Telegraph’ning yozishicha, hisobotda Uxan institutidan bo‘lgan doktor Shi Chjenli boshchiligidagi virusolog olimlar guruhi haqida so‘z boradi. Ular 2013-yil Yunnan provinsiyasidagi g‘orlarda ko‘rshapalak axlatlari ustida tadqiqot olib borgan. Aniqlanishicha, namunalar 96,2 foiz COVID-19 koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 virusiga o‘xshash. Bundan tashqari, olimlar SARS koronaviruslarining sintezi ustida taqdiqot o‘tkazib, u ko‘rshapalakdan sutemizuvchilarga yuqishi mumkinligini tahlil qilgan. 2015-yilning noyabrida Shimoliy Karolina universiteti bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, SARS’ga o‘xshash ushbu virus ko‘rshapalaklardan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqishi va uni davolab bo‘lmasligi aniqlangan.

Oradan bir necha yil o‘tgach, 2019-yilning martida doktor Chjenli va uning jamoasi, xususan, Avstraliyada besh yil davomida ishlagan Pen Chou tibbiyot jurnallarining birida Bat Coronaviruses (“Ko‘rshapalaklar koronavirusi”) nomli maqola e’lon qilgan. Unda olimlar “viruslarning qaynoq nuqtalari va ularning turlararo potensial tarqalishi” haqida yozib, o‘z ishlarini “Xitoydagi ko‘rshapalaklar koronavirusini o‘rganish orqali navbatdagi kasallik tarqalishi xususiyatini tushunish” deya izohlagan. Maqolada shunday deyilgan: “SARS yoki MERS kabi koronaviruslar kelajakda ko‘rshapalaklardan tarqaladi va bu Xityoda sodir bo‘lishning yuqori ehtimolligi mavjud”.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Pekinni koronavirusga oid faktlarni yashirgani uchun javobgarlikka tortishga va’da bergan edi. Missuri shtati bosh prokurori esa koronavirus sabab Xitoyni sudga bergandi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus haqida ilk marta noyabr oyida ma’lum bo‘lgani aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют