» » Tojikistonda koronavirus oqibatida ikki kishi vafot etdi

Tojikistonda koronavirus oqibatida ikki kishi vafot etdi


Tojikistonda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat televideniyesiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Bemorlarning yoshi, shuningdek, ular boshqa kasalliklardan aziyat chekkan yoki chekmagani haqida ma’lumot berilmagan.

2-may holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 kishiga yetgan edi.

Avvalroq Jahon banki Tojikistonda 21 ming nafar odam koronavirusdan vafot etishi mumkinligini taxmin qilgani xabar qilingandi. Mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki ma’lumot 30-aprel kuni e’lon qilingan. Unda 15 kishida koronavirus aniqlangani, kasallanganlarning 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa Dushanbe shahrida ekanligi ma’lum qilingan.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda 3-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2127 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etdi, 1271 nafari esa sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют