» » Migratsiya agentligi o‘tkazgan Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari bekor qilindi

Migratsiya agentligi o‘tkazgan Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari bekor qilindi


Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyada ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ro‘yxatga olish bo‘yicha mart oyi oxiri va aprel oyi boshida o‘tkazilgan tadbir natijalarini bekor qildi. Bu haqda agentlikning Facebook’dagi sahifasida axborot berilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi 27—30-mart kunlari va 1—3-aprelda Janubiy Koreyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayonini o‘tkazgan edi.

Mazkur ro‘yxatga olish jarayonida yuz bergan jiddiy texnik uzilishlar, Janubiy Koreyada mehnat faoliyati yuritishni istovchi talabgorlar bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida ko‘plab anglashilmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo‘lganligi tufayli ro‘yxatga olish natijalari bekor qilinadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi axborotidan

Janubiy Koreyada ishlamoqchi bo‘layotgan fuqarolarni ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayoni “yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda qaytadan” o‘tkaziladi.

“Ro‘yxatga olish sanasi va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi agentlik axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют