» » Boris Jonson ota bo‘ldi. Bolakayga bosh vazirni davolagan shifokorlarning ismi qo‘yildi

Boris Jonson ota bo‘ldi. Bolakayga bosh vazirni davolagan shifokorlarning ismi qo‘yildi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va uning qaylig‘i Kerri Saymonds aprel oyining oxirlarida dunyoga kelgan farzandiga Uilfred Lori Nikolas deb ism qo‘ydi. Bu haqda Saymondsning Instagram’dagi sahifasiga tayanib, The Times xabar berdi.

Jonsonning bobosini ismi Uilfred bo‘lgan, Lori esa — Saymondsning bobosini ismi. “Yana bir ism — Nikolas — ‘Borisning hayotini saqlab qolgan ikki shifokor — Nik Prays va Nik Xart’ sharafiga qo‘yildi”, — deb yozadi Saymonds.

Shifokorlar o‘z navbatida bosh vazir va uning qaylig‘ini tabriklab, juftlikning bu kabi qarori o‘zlari uchun ulkan sharaf ekanligini bildirgan.

Mavzuga doir: Britaniyada epidemiya cho‘qqisidan o‘tdi. Hukumat karantin choralarini yumshatish rejasini tayyorlamoqchi

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus bilan kasallangani haqida 27-mart kuni ma’lum bo‘lgandi. 5-aprel kuni u ehtiyot chorasi sifatida avliyo Foma shifoxonasiga yotqizilgandi. Biroq keyinroq siyosatchining sog‘lig‘i keskin yomonlashib, jonlantirish bo‘limiga olingandi. 9-aprel kuni esa bosh vazir intensiv terapiyadan oddiy palataga o‘tkazilgan. 12-aprel kuni esa kasalxonadan chiqib, uyda davolanishni davom ettirgandi. 27-apreldan esa yana ishini davom ettirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют