» » Sardobadagi to‘g‘on yorilishi tufayli Qozog‘istondagi yana bir qishloq suv ostida qoldi

Sardobadagi to‘g‘on yorilishi tufayli Qozog‘istondagi yana bir qishloq suv ostida qoldi


Sardobadagi suv to‘g‘onining yorilishi oqibatida Qozog‘istonning Maxtaral tumanidagi yana bir aholi yashash punkti — Orgebas suv ostida qoldi. Bu haqda Turkiston viloyati mintaqaviy kommunikatsiya xizmatiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

3-may kuni soat 05:00 da 250 xonadon suv ostida qolgan Firdavsiy aholi yashash punktidan suv Janajol qishloq okrugidagi Orgebas punktiga yetib kelgan. Aholi punktlari orasidagi masofa — 3 kilometr.

Soat 08:00 da kelib, butun Orgebas aholi punkti suv ostida qolgan (194 uy).

Ta’kidlanishicha, 1451 kishi istiqomat qiladigan qishloq to‘liq evakuatsiya qilingan. Evakuatsiya jarayonida hech kim jarohat olmagan.

Avvalroq Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilingani haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatning 5 mingdan ortiq qishloq aholisi suv toshqini xavfi tufayli uylarini tark etgan. Ayrimlari o‘zlari tark etgan bo‘lgan bo‘lsa, qolganlariga evakuatsiya qilishda yordam berilgan.

Mavzuga doir: “Sardoba” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlarini DXX olib boradi

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют