» » Jizzaxda opa-singilni fohishalikka majburlab kelgan ayol qo‘lga olindi

Jizzaxda opa-singilni fohishalikka majburlab kelgan ayol qo‘lga olindi


Jizzax shahar IIO FMB xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida fohishaxona faoliyat ko‘rsatayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sharof Rashidov tumani “Ziyokor” mahallasida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan M.T. va shu tumanning “Saroylik” mahallasida istiqomat qiluvchi 1999-yilda tug‘ilgan M.A. “Ittifoq” mahallasida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan, turmushidan ajrashgan N.T. bilan yaqin aloqa qilayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, fohishaxonada Baxmal tumani O‘smat shaharchasida ro‘yxatda turgan, turmushdan ajrashgan, 25 yoshli N.X. hamda Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida ro‘yxatda turgan, turmushga chiqmagan 17 va 18 yoshli opa-singil M.A. va O‘.A. ham bo‘lgan.

Opa-singilning bildirishicha, Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” mahallasida yashovchi, turmushdan ajrashgan, 1982-yilda tug‘ilgan uy bekasi D.R. ularni qo‘rqitish yo‘li bilan fohishalik qilishga majburlagan.

Qo‘shmachi ayollarni muntazam urib, haqoratlagan, agarda fohishalik qilishdan bosh tortsa, oila a’zolari va mahalladoshlariga qilmishlari to‘g‘risida ma’lumot berishini aytib, bosim o‘tkazib kelgan. D.R. ayollarning xizmatini 100 ming so‘mga baholagan. Shuningdek, u “mijoz” topish hamda ayollarni “buyurtma” asosida yetkazish bilan shug‘ullangan.

Mavzuga doir: 

Ta’kidlanishicha, ayblanuvchi ish topib berishni va’da qilib, ayollarni aldash yo‘li bilan chaqirib olgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют