» » OAV: Malayziya va Filippin maxsus xizmatlari ikki mamlakat kurortlarida xorijliklarni o‘g‘irlash rejasini fosh qildi

OAV: Malayziya va Filippin maxsus xizmatlari ikki mamlakat kurortlarida xorijliklarni o‘g‘irlash rejasini fosh qildi


Malayziya va Filippin maxsus xizmatlari “Abu Sayyaf” terroristik guruhining ikki mamalakat kurortlaridan, taxminan, 20 nafar xorijlikni o‘g‘irlashga qaratilgan rejasini fosh qildi. Bu haqda Star gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Ular o‘g‘irlikni nafaqat fuqarolarni garov puli evaziga sotish, balki garovdagilardan Filippin janubida terroristik guruhga qarshi olib borilayotgan harbiy harakatlarni to‘xtatish borasida muzokaralar uchun foydalanish maqsadida rejalashtirgan”, — deb yozadi Star gazetasi.

Xabar qilinishicha, ekstremistlarning asosiy nishoni tashqi ko‘rinishi yevropalikga o‘xshash sayyohlar bo‘lgan.

Gazeta bergan ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyida Malayziyaning sharqiy qirg‘oqlarida tezyurar qayiqlarda suzib yurgan hamda avtomat va granatamyotlar bilan qurollangan bir necha o‘nlab jangarilar aniqlangan.

Taxmin qilinishicha, terroristlar Malayziyaning Sabax shtati yaqinida joylashgan kurort orollariga sayyohlarni olib boruvchi kemalarga hujum qilishni, keyin esa ularni Filippin janubidagi bazalariga olib ketishni rejalashtirgan. Nashr tomonidan ta’kidlanishicha, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari hamda aprel oyida Filippin hukumat kuchlari va jangarilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yirik to‘qnashuvda “Abu Sayyaf”ning dala qo‘mondoni Abu Ramining yo‘q qilinishi rejaning barbod bo‘lishiga olib kelgan.

Maxsus xizmatlarning xabariga ko‘ra, yo‘q qilingan jangari xorijliklarni o‘g‘irlashda asosiy tashkilotchilardan biri bo‘lgan. Bundan tashqari, u bir necha marta xorijliklar qatl qilingan videomateriallarda ko‘ringan. Aynan u oxirgi bo‘lib qurbonlarning “hukmini ijro etgan”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют