» » O‘zbekistonlik sportchilar tomonidan Sardoba fojiasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami jo‘natildi (foto)

O‘zbekistonlik sportchilar tomonidan Sardoba fojiasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami jo‘natildi (foto)


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va tizimdagi barcha tashkilotlar rahbar, xodimlarini Sardoba suv omboridagi avariya natijasida jabr ko‘rgan aholiga yordam berish maqsadida maxsus aksiya boshladi.

Vazirlik tomonidan to‘plangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, gigiyenik vositalar, kir yuvish mashinalari, sport kiyimlari va jihozlaridan iborat “Saxovat karvoni” 2-may kuni Sirdaryo viloyatiga yetkazib berilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yuborilgan homiylik ko‘magi Guliston olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi (Futbol mahorati maktabi) yotoqxonalariga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan aholiga yetkazib berilgan.

Shuningdek, bu yerga joylashtirilgan fojiadan jabr chekkan aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilmoqda.

3-may kuni ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Saxovat” aksiyasi doirasida Toshkent shahrida yig‘ilgan ro‘zg‘or buyumlari, issiq kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, maktab o‘quvchilari uchun badiiy kitoblar, o‘quv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan tashkil topgan ikkinchi “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga jo‘natilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют