» » Saudiya Arabistoni pandemiyaning moliyaviy oqibatlari qachondan yuzaga kelishini ma’lum qildi

Saudiya Arabistoni pandemiyaning moliyaviy oqibatlari qachondan yuzaga kelishini ma’lum qildi


Koronavirus pandemiyasining oqibatlari joriy moliyaviy yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab sezila boshlaydi. Saudiya Arabistoni va butun dunyo avvalgidek bo‘lmaydi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Muhammad Jadaan Al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Saudiya Arabistoni juda qattiq va tezkor choralarni qo‘llagan. Koronavirus pandemiyasining haqiqiy oqibatlari ikkinchi chorakda paydo bo‘ladi”, — deydi Jadaan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, moliyaviy yilning birinchi choragida budjet raqamlari haqiqiy talafotning ko‘lamini ko‘rsatib bermagan.

“Saudiya Arabistoni va butun dunyo koronavirusgacha bo‘lgan davrga qaytmaydi. Iqtisodiy jarayonlarda o‘zgarishlar bo‘ladi”, — deydi Jadaan.

Moliya vazirining ta’kidlashicha, mazkur o‘zgarishlar neft va boshqa sohalardan keladigan daromadlarning yil boshidan buyon keskin tushib ketganiga bog‘liq. Shu sababli hukumat “pandemiyaga qarshi kurashish uchun juda ko‘p miqdorda turli choralarni” ishlab chiqqan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Saudiya Arabistonida 23-martdan boshlab shaharlar aholisining harakatlanishiga taqiq kiritilgan bo‘lib, kechki soat 19:00 dan ertalabki soat 06:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilgan. Mazkur cheklov 21 kun davomida amalda bo‘lishi belgilangan edi. Aprel oyining oxirlarida komendantlik soati qisman bekor qilinishi ma’lum bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida qarib 25,5 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 176 kishi virus qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют