» » AQShda koronavirusga qarshi 14 xil vaksina klinik sinovdan o‘tkaziladi

AQShda koronavirusga qarshi 14 xil vaksina klinik sinovdan o‘tkaziladi


AQShda sinovdan o‘tkazish uchun koronavirusga qarshi 14 xil vaksina tanlab olindi, deb xabar bermoqda NBC prezident administratsiyaga tayanib.

Qayd etilishicha, Tramp administratsiyasining koronavirusga qarshi vaksinani yaratishni tezlashtirishga doir dasturiga muvofiq, ushbu vaksinalar o‘tgan haftada 93 ta vaksina orasidan tanlab olingan. Yaqin ikki haftada qolgan vaksinalar qo‘shimcha sinovdan o‘tkaziladi va administratsiyaga ko‘ra ularning yarmi klinik sinovlarning keyingi bosqichiga o‘tadi.

NBC telekanalida aytilishicha, vaksinani tezlashtirish bo‘yicha ilmiy va ishlab chiqarish sa’y-harakatlar “bir necha milliard dollar”ga tushadi.

Avvalroq Bloomberg Donald Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishni tezlashtiradigan loyihani ishlab chiqayotganini ma’lum qilgandi. U vaksinani yaratishga ketadigan vaqtni 8 oyga qisqartiradi va u keyingi yilning bahorida emas, shu yilning oxiriga kelib paydo bo‘ladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют