» » Markaziy saylov komissiyasi bir senator va ikki deputatning vakolatini tugatdi

Markaziy saylov komissiyasi bir senator va ikki deputatning vakolatini tugatdi


2017-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda A.Bobobekovning xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, Komissiya a’zolari 50-Registon saylov okrugidan saylangan deputat Marhabo G‘afurova hamda 85-Chinoz saylov okrugidan saylangan deputat Odiljon Tojiyev boshqa ishga o‘tganliklari munosabati bilan ularning parlament quyi palatasi deputatlari vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют