» » Foto: Sardobadagi toshqinning fazodan ko‘rinishi

Foto: Sardobadagi toshqinning fazodan ko‘rinishi


Yevropa kosmik agentligining Sentinel-3 fazo apparati tasvirlari Sardoba suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv ketishining ko‘lamini fazodan ko‘rsatib beradi, deb yozmoqda @davletovuz. Taqqoslash uchun 19-aprelda va 2-mayda olingan suratlari keltirilgan.

Unda suv toshqini qancha hududlarga kirib borganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Mutaxassislarning fikricha, suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan. 2-may tongi holatiga ko‘ra, 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan. Buning oqibatida Qozog‘istonning Maxtaral viloyatining chegara kollektorlari suv bilan to‘lib, suv oqimi sekundiga 180 kubometr bo‘lgani tufayli kollektordan suv toshib, Janajol qishloq okrugiga qarashli Jenis va Enbekshi qishloq okrugiga qarashli Janaturmis shaharchasida suv toshqini yuzaga kelgan va u yerdan ham minglab aholi evakuatsiya qilingan. Qozog‘iston rasmiylarining aytishicha, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri suv oqimi to‘xtaganini ta’kidlagan, biroq suv oqimi kelishi to‘xtamayapti va yana bir qishloq suv ostida qolgan.

Mavzuga doir: “Sardoba” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlarini DXX olib boradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют