» » Yana 23 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlarning umumiy soni 1301 nafarga yetdi

Yana 23 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlarning umumiy soni 1301 nafarga yetdi


Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 7 nafar hamda Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida koronavirusdan tuzalganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan, Xorazm, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan bemor COVID-19’dan tuzalgan. Ularning 8 nafari Istanbul–Toshkent yo‘nalishida, 2 nafari Moskva–Toshkent yo‘nalishida olib kelingan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot oqibatida COVID-19’ni yuqtirib olgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 49 da bo‘lsa, eng kichigi 14 yoshda.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 5 nafari Toshkent shahridan. Toshkent hamda Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan bemor tuzlgan. Ularning 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Qozog‘iston respublikasidan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol, eng kattasi 43 yoshda, eng kichigi 8 yosh.

Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasidan sog‘ayib chiqqan 2 homilador ayol Toshkent shahridan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning homilasiga zarar yetmagan.

Avval Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirusdan tuzalganlar soni 409 nafarga yetgani ma’lum qilingandi, endilikda ular soni 432 nafarga yetgan.

Shu tariqa, 2020-yil 3-may soat 16:00 holatiga ko‘ra koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni 1301 nafarga yetgan.

Avval Buxoroda 7 nafar bemor kasallikdan tuzalgach, 2020-yil 3-may soat 14:30 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1278 nafarga yetgani, 3-may soat 15:00 holatiga ko‘ra esa koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2136 nafarni tashkil qilgani, 15-martdan buyon O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etgani xabar qilingan.

Qayd etish joiz, 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют