» » Blez Matyuidi koronavirusga chalingani haqida: “Yaqinlarim bilan nima bo‘lishi haqidagi o‘ylar muntazam xavotirga solardi”

Blez Matyuidi koronavirusga chalingani haqida: “Yaqinlarim bilan nima bo‘lishi haqidagi o‘ylar muntazam xavotirga solardi”


“Yuventus” yarim himoyachisi Blez Matyuidi koronavirus bilan qanday kurashgani haqida gapirdi.

“Bu dahshatli bo‘ldi. Ruhiy holatim yomonlashdi. Yaqinlarim bilan nima bo‘lishi haqidagi o‘ylar muntazam xavotirga solardi. Bu biz hali tayyor bo‘lmagan yangi tajriba edi.

Qon tahlilim ijobiy natija berishi bilan do‘stlarim va oilamdan xavotir olishni boshladim. Umid qilamanki, bularning barchasi ortda qoladi va biz stadionlardagi futbolga qaytamiz”, — deydi Matyuidi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida “Yuventus”ning uch nafar futbolchisi — Blez Matyuidi, Daniele Rugani va Paulo Dibalada koronavirus borligi aniqlangandi. 15-aprel kuni Matyuidi va Ruganining sog‘aygani ma’lum qilingan. Dibala esa hamon infeksiya bilan kurashmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют