» » Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiylari sirdaryoliklarga yordam berish uchun yo‘lga chiqdi

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiylari sirdaryoliklarga yordam berish uchun yo‘lga chiqdi


Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining buyrug‘i bilan 3-may, yakshanba kuni, tongda 300 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar hamda 10 dan ortiq harbiy texnikalar Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida shoshilinch yo‘lga chiqdi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, harbiy va maxsus texnikalar temiryo‘l platformalariga yuklangan holda Nukus shahridan transportirovka qilinmoqda.

Harbiy xizmatchilar esa maxsus reysga qo‘yilgan poyezdda yo‘lga chiqqan.

Ta’kidlanishicha, Mudofaa vazirligining barcha harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonliklari Sirdaryoda yuzaga kelgan vaziyatda amaliy yordam berish maqsadida harbiy xizmatchilar va harbiy texnikalarni yuborishni boshlagan.

Avvalroq Toshkentda suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga gumanitar yordam to‘plash markazi tashkil qilingani, yordam faqat yuk tashish mashinalarida yetkazilishi xabar berilgan edi. Sirdaryo viloyati aholisiga nafaqat Toshkent shahridan, balki O‘zbekistonning boshqa hududlaridan ham yordam yuklari yuborilmoqda. Xususan, Qashqadaryo va Andijon viloyatlaridan ham yordam yuklari yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda 1-may, juma kuni, tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan; 2-may tonggi holatiga ko‘ra, 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют