» » FVV: Sirdaryodagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha kuchlarni safarbar etish davom etmoqda

FVV: Sirdaryodagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha kuchlarni safarbar etish davom etmoqda


Sirdaryo viloyatida 1-may, juma kuni, yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini tezda bartaraf etish uchun qo‘shimcha kuchlarni safarbar etish davom ertmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3-may kuni hodisa joyiga vazirlikning yana 400 nafar xodimi va 200 ga yaqin maxsus texnikalar, jumladan, o‘t o‘chirish mashinalari va suvlarni tortib oluvchi motonasoslar yetib borgan.

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining boshqa xizmatchilari kuchlari va vositalari jalb etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi suv toshqinidan Qo‘rg‘ontepa va Do‘stlik aholi yashash punktlari jiddiy zarar ko‘rdi. Ijtimoiy tarmoqlarda toshqin oqibatida turar joy binolari buzilgani, mol-hol suvda oqib ketayotgani aks etgan videoyozuvlar tarqalgandi.

Ayni paytda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlarini DXX olib boradi.

Ma’lumot uchun, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tashkil etilgan tezkor raqam kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Qo‘ng‘iroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Foto: Sardobadagi falokat ko‘lamini o‘zida aks ettiruvchi suratlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют