» » Dubaylik qiz internet orqali AirPods naushniklarini buyurtma qildi. Unga boshi kattaligidek keladigan naushniklar yetkazib berildi (foto)

Dubaylik qiz internet orqali AirPods naushniklarini buyurtma qildi. Unga boshi kattaligidek keladigan naushniklar yetkazib berildi (foto)


Dubayda yashovchi Alizay ismli qiz Amazon’da 50 yevroga (naushniklarning haqiqiysi 180 yevro atrofida turadi) qalbaki AirPods naushniklarini buyurtma qildi, deb yozadi Esquire.

Alizay naushniklarning haqiqiysidan farq qilishini tushunardi, lekin farq qanchalik darajada bo‘lishini tasavvur ham qila olmasdi.

Qizga ulkan naushniklarni yuborishdi. Quloqchinlarning kattali uning boshi kattaligicha kelardi.

Naushniklarning Twitter’dagi rasmi 384 mingta layk to‘pladi, post 72,5 ming marta retvit qilindi.

Internet foydalanuvchilari ulkan naushniklardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini taxmin qila boshladi.

“Bu naushniklar fillarga mo‘ljallangan bo‘lsa kerak”.

“Bu King-Kongning naushnigi bo‘lsa kerak”.

“Goliaf buni ko‘rishi kerak”.

Mavzuga doir: AirPods X: Apple’ning yangi naushniklari narxi e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют