» » Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rdi


Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga tashrifi davomida Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rdi. Hukumat komissiyasi mutasaddilari Prezidentga amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi, deb yozmoqda Prezident matbuot xizmati.

Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida 530 ta xonadon bo‘lib, 4200 nafar aholi istiqomat qiladi. Hudud suv toshqiniga birinchi bo‘lib duch kelgan, odamlar tezkor ravishda xavfsiz joylarga ko‘chirilgan edi.

Katta kuch va texnika vositalari, askarlar, xodimlar jalb qilinib, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilyapti, odamlar o‘z uylariga qayta boshladi.

Davlat rahbari shunday uylardan biriga kirib, xonadon egalaridan hol-ahvol so‘radi. Barcha qatori ularga ham moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilishi, hech kim e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda qolmasligini yana bir bor ta’kidladi.

Mavzuga doir: 

Shavkat Mirziyoyev qadrdon makoniga qaytgan mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘ldi, deyilgan xabarda.

Sirdaryo viloyatida 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan; kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют