» » Olimlar tibbiy niqoblarning samaraliroq muqobilini aniqladi

Olimlar tibbiy niqoblarning samaraliroq muqobilini aniqladi


Koronavirusdan himoyalanish uchun tibbiy niqoblardsan ko‘ra plastmassadan yasalgan qalqonlar ko‘proq samara beradi. Bu haqda Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi (JAMA) jurnalida chop etilgan Ayova shtati olimlar guruhi tadqiqotlarida aytiladi.

Mavjud ma’lumotlar koronavirusning boshqa respirator kasalliklar uchun xos bo‘lgan usullar bilan tarqalayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, virusni havo-tomchi yo‘li bilan, ya’ni ko‘z, burun va og‘izga yaqin tushgan infeksion zarrachalar orqali yuqtirish mumkin. Olimlar virusning yuqishidan himoya qiladigan ikkita vosita, ya’ni niqob va plastmassa qalqonni solishtirdi.

Tadqiqotlar qalqonning sezilarli darajada samarali tarzda virusni ushlab qolishini ko‘rsatdi. Tavsiya qilingan ikki metrlik masofada yuz qalqonlari 92 foizgacha zarralarni ushlab qolgan.

Kam muddat foydalanish mumkin bo‘lgan niqoblardan farqli ravishda plastmassa qalqonlarni takror ishlatish mumkin, uni suv bilan sovunlab yuvish ham mumkin.

Tadqiqotda ishtirok etgan mutaxassislarning fikricha, qalqonlarni taqish qulay, ular orqali odamlar bilan muloqot qilish oson hamda ular tasodifan yuzga teginishga imkon bermaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют