» » Materatssi JCh—2006 finalida Zidanga nima degani ma’lum bo‘ldi

Materatssi JCh—2006 finalida Zidanga nima degani ma’lum bo‘ldi


Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marko Materatssi JCh—2006 finalida Zinedin Zidan bilan sodir bo‘lgan vaziyat haqida gapirdi.

“Zidan birinchi bo‘limda gol urdi va Marchello Lippi unga ko‘z-quloq bo‘lishimni tayinladi. Birinchi to‘qnashuvdan keyin men uzr so‘radim, u esa buni yomon qabul qildi.

Uchinchi to‘qnashuvdan so‘ng Zidanning jahli chiqdi va menga qarata shunday dedi: ‘Futbolkamni keyinroq beraman’. Men esa unga qarata ‘bundan ko‘ra singlingni ma’qul ko‘raman’, dedim”, — deydi Materatssi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2006 finalida Zidan boshi bilan Materatssining ko‘kragiga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi. Natijada Italiya penaltilar seriyasida (1:1, 5:3) zafar quchib, Jahon Chempioni bo‘lgandi.

Mavzuga doir: “JCh—2006 finalidan so‘ng italiyaliklar meni tanqid qildi, aslida ular poyimni o‘pishi kerak edi” — Materatssi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют