» » Rossiyada bir sutkada 11 mingga yaqin kishi koronavirusga chalinib, kasallanishlar soni bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

Rossiyada bir sutkada 11 mingga yaqin kishi koronavirusga chalinib, kasallanishlar soni bo‘yicha kunlik rekord yangilandi


Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 10 633 ta holat aniqlanib, qayd etilgan kasallanishlar soni 134 687 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab.

Qayd etilishicha, bu sutka davomida kasallanishlar soni ortgani bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord bir kun avval qayd etilgan bo‘lib, unda 9,6 ming kishida koronavirus aniqlangandi.

Yangi kasallanganlarning yarmidan ko‘pi (5 345 kishi) koronavirusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lib, virusni yuqtirgan. Sutka davomida kasallanganlarning qariyb 6 ming nafari Moskva shahrida bo‘lib, bu yerda umumiy hisobda 68,6 ming nafar kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan.

Mavzuga doir: Moskva meri ayni paytda shahar aholisining qancha qismi koronavirusga chalinganini ma’lum qildi

Xabarda aytilishicha, yangi kasallanganlarning aksariyati 18-45 yoshdagi shaxslardir. Ularning ulushi 39,2 foizni tashkil etadi. Yana 36 foizi 46 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, 10 foizi 66-79 yosh atrofida, qolgan 5,5 foizi 80 yosh va undan katta bo‘lgan fuqarolardan iborat.

Avvalroq Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketgani, rossiyalik olim koronavirusning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum qilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: “Koronavirusning barcha belgilari bo‘lsa ham yordam berishmaydi”. Rossiyadagi migrantlarning karantin sharoitidagi ahvoli haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют