» » Sirdaryoda militsiya ofitseri jinoyatchini jazolamaslik evaziga 50 litr benzin va telefoni hisobiga 12 ming so‘m tushirishni talab qildi

Sirdaryoda militsiya ofitseri jinoyatchini jazolamaslik evaziga 50 litr benzin va telefoni hisobiga 12 ming so‘m tushirishni talab qildi


Sirdaryo viloyati Boyovut tumani IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakili – leytenant Dilshod Komilov jinoyatni hisobga olishni qasddan yashirish va pora olish jinoyatlarida ayblandi, deb xabar bermoqda “1news.uz”.

“Postda” nashri bildirishicha, maishiy masaladagi kelishmovchilik bois fuqaro IIBga murojaat etadi. Tezkor vakil Dilshod Komilov esa jinoyatni hisobga olmaslik evaziga aybdor fuqarodan 50 litr benzin talab qiladi.

Savdolashuvdan keyin fuqaro 30 litr benzin quyib beradi. Militsiya zobiti, shuningdek, fuqarodan uyali telefoni hisobiga 12 ming so‘m tashlab berishni ham talab qilgan. Fuqaro esa tezkor vakilning gaplarini diktofonga yozib olgan va huquq idoralariga murojaat qilgan.

“Arzimagan manfaatdorlik evaziga xizmat mavqeini yer bilan bitta qilgan militsiya tezkor vakiliga tegishli jazo tayinlangan”, – deyiladi xabarda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 12:33)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют