» » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 2 ta, Janubiy Koreyada esa 13 ta holat aniqlandi

Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 2 ta, Janubiy Koreyada esa 13 ta holat aniqlandi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 2 ta holat aniqlandi, 28 bemor tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ikki holatning biri chetdan kirib kelgan — Shanxayda aniqlangan, yana biri esa — Shansi viloyatida qayd etilgan. Xitoyda koronavirus infeksiyasining chetdan kirib kelishi bo‘yicha jami 1672 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning 451 nafari hamon kasalxonada davolanmoqda, olti nafarining ahvoli og‘ir.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 82 877 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 77 713 nafari sog‘aygan, 4633 nafar bemor vafot etgan.

Shuningdek, yana 12 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda, bunday kishilarning yana 968 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha tekshiruvga JSSTni taklif qilmadi

Janubiy Koreyada esa so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 13 ta holat aniqlangan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 10 793 kishi virus yuqtirib olgan, bemorlarning 9183 nafari sog‘aygan, 250 nafari vafot etgan.

Mamlakatda deyarli ikki haftadan buyon koronavirusga chalinish bo‘yicha har kuni 10 ga yaqin holat aniqlanmoqda. Faqat 24-aprel kuni bu ko‘rsatkich 6 kishiga teng bo‘lgan. 30-aprel kuni esa Janubiy Koreyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

Avvalroq Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozongan kam sonli davlatlar orasidan o‘rin olgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют