» » Toshkent shahar hokimligi Sardobada suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga barcha mahsulotlar yetkazilgani va ularda hozircha ehtiyoj yo‘qligini bildirdi

Toshkent shahar hokimligi Sardobada suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga barcha mahsulotlar yetkazilgani va ularda hozircha ehtiyoj yo‘qligini bildirdi


Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Sardoba suv omborida yuz bergan toshqin oqibatida jabr ko‘rgan oilalarga poytaxt aholisi to‘plagan barcha mahsulotlar yetkazilganini xabar qildi.

“Sardobada suv toshqinidan jabr ko‘rgan oilalarga yig‘ilgan mahsulotlardan kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak va uy-ro‘zg‘or buyumlari, dori-darmon hamda sanitariya-gigyena vositalari yetarli darajada yetkazilganini ma’lum qilib, xayriya ishida qo‘shgan hissangiz uchun minnatdorligimizni bildiramiz. Hozirda sirdaryolik vatandoshlarimizda ushbu yordamga ehtiyoj qolmadi”, — deyiladi hokimlik bayonotida.

Avvalroq Toshkentda suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga gumanitar yordam to‘plash markazi tashkil qilingan, yordam faqat yuk tashish mashinalarida yetkazilishi xabar berilgan edi. Sirdaryo viloyati aholisiga nafaqat Toshkent shahridan, balki O‘zbekistonning boshqa hududlaridan ham yordam yuklari yuborilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo va Andijon viloyatlaridan ham yordam yuklari yuborilgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysidan Sirdaryo va Buxoroga ko‘mak karvonlari yuborilgani haqida xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda 1-may, juma kuni, tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan; 2-may tonggi holatiga ko‘ra, 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning yana Sirdaryoga borgani va Sardoba suv ombori hududidagi tiklash-ta’mirlash ishlari bilan tanishgani, tumandagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rgani, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida bo‘lib, aholi bilan suhbat qilgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют