» » Le Monde koronavirus pandemiyasidan so‘ng AQSh gegemonligiga yakun yasalishini bashorat qildi

Le Monde koronavirus pandemiyasidan so‘ng AQSh gegemonligiga yakun yasalishini bashorat qildi


Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh boshchiligida o‘rnatilgan dunyo tartibi endi zamonaviy reallikka va xalqaro maydondagi kuchlar muvozanatiga mos kelmaydi. Bu haqda Fransiyaning Le Monde jurnalida maqola e’lon qilindi.

Bir qator geosiyosiy tadqiqotlar o‘tkazgan maqola mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi Xitoyning iqtisodiy va siyosiy ko‘tarilishi, Vashington gegemonligiga asoslangan tizimning qanchalik beqaror ekanligini namoyish etib qo‘ygan.

Ta’kidlanishicha, COVID-19’ning tarqalishi fonida Xitoy va AQSh o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaygan, bu esa mamlakatlar ichidagi sog‘liqni saqlash inqirozini bartaraf etish o‘rniga virusning kelib chiqishida bir-birini ayblash uchun juda ko‘p mablag‘lar sarflanishiga olib kelgan.

“Qo‘shma Shtatlar koronavirus sabab ishlar deyarli falaj holatga kelib qolgani oqibatida BMT Xavfsizlik Kengashidagi global yetakchiligini ham yo‘qotdi”, — deyiladi maqolada.

Mualliflarning qayd etishicha, pandemiya Yevropaning birligini ham xavf ostiga qo‘ygan. “Davlatlarning xudbinligi va davlat chegaralarining yopilishi Yevropa Ittifoqining ikki ustunini xavf ostiga qo‘ydi: Shengen zonasi va yagona bozor”, — deyiladi materialda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillar borligini aytgandi. G‘arb maxsus xizmatlari esa Xitoyni koronavirusga oid dalillarni yo‘q qilishda ayblagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют