» » Gollivudning yoshida katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklari (foto)

Gollivudning yoshida katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklari (foto)


Yoshdagi katta tafovut mashhurlarning oila qurishi yoki bir-biriga ko‘ngil qo‘yishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Marie Claire nashri ana shunday juftliklar haqida maqola tayyorladi.

Bleyk Layvli va Rayan Reynolds — 11 yosh

Juftlik 2010-yilda “Yashil fonar” filmining suratga olish jarayonida tanishgan. Ammo bu vaqtda Rayan Skarlett Yohansson bilan ajrashmagandi. Shundoq ham qil ustida bo‘lib turgan munosabatlarga Layvli paydo bo‘lganidan keyin nuqta qo‘yilgan. Rayan va Bleyk o‘rtasida yashin tezligida paydo bo‘lgan munosabatlar oradan bir yil o‘tib nikoh bilan mustahkamlangan. 11 yosh tafovutga qaramay yulduzli juftlik bugungi kunda 3 farzandning baxtli ota-onasi.

Amal Alamuddin va Jorj Kluni — 17 yosh

Gollivud yulduzi Jorj Klunining kimnidir sevib qolishi va turmush qurishi muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. Aktyorning yuragidan urgan xonim Jorjdan 17 yosh kichik bo‘lgan britaniyalik advokat Amal Alamuddin. Juftlik 2013-yilda xayriya tadbirlaridan birida tanishgan va oradan bir yil o‘tib unashtirilgan, keyinroq bo‘lsa turmush qurgan. 2017-yilda Amal va Jorj oilasida egizak Ella va Aleksandra dunyoga kelgan.

Jeyson Stetxem va Rouzi Xantington — 19 yosh

Aktyor va model juftligi ilk bor 2010-yilda Kaliforniyadagi musiqiy festivallardan birida tanishgan. 2016-yilda unashtiruv haqida e’lon qilgan juftlik, 2017-yilda o‘g‘il farzandli bo‘lgan.

Bryus Uillis va Emma Xeming — 23 yosh

Bryus 13 yil davomida Demi Mur bilan bilan turmush kechirgan. 2000-yilda rafiqasi bilan ajrashganidan keyin fotomodel Emma Xemingga uylangan. Juftlik orasidagi farq 23 yosh. Hozirda ularning ikki qiz farzandi bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют