» » Milliarder Uorren Baffett xoldingi AQShdagi 4 ta eng katta aviakompaniya aksiyalarini sotdi

Milliarder Uorren Baffett xoldingi AQShdagi 4 ta eng katta aviakompaniya aksiyalarini sotdi


Berkshire Hathaway xoldingi AQShdagi 4 ta eng katta aviakompaniyaning barcha aksiyalarini sotdi. Bu haqda xolding rahbari Uorren Baffet aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida ma’lum qilgan, deb yozmoqda Reuters.

Bunda American Airlines, Southwest Airlines, Delta Air Lines, United Airlines Holdings kabi aviakompaniyalar aksiyalari sotib yuborilgan. Dastlabki ikkita kompaniyaning 10 foiz ulushi xoldingga tegishli edi. Delta Air Lines va United Airlines Holdings’da esa mos ravishda 11 va 9 foiz aksiyalari Baffett xolding ixtiyorida edi. Aprel boshida kompaniyaning Delta Air Lines va Southwest Airlines’dagi ulushi mos ravishda 18 va 4 foizga tushib qolgandi.

Baffettning qayd etishicha, koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz oqibatida biznesning yo‘nalishi sezilarli darajada o‘zgargan.

“Dunyo aviakompaniyalar uchun o‘zgardi, men ularning hammasiga eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, — deya milliarder so‘zlarini keltirgan Bloomberg.

Xolding rahbari avikompaniyalarga investitsiya kiritgan vaqtida xato qilgani va shu tufayli katta miqdorda zarar ko‘rganini tan oldi. Baffett agar yana aviakompaniyalarga investitsiya kiritadigan bo‘lsa, qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib o‘zini aerogolik deb tan olishi haqida hazillashgan.

Shuningdek, u Berkshire Hathaway aksiyadorlariga pandemiya tufayli bir nechta chora-tadbirlarni amalga oshirgani va 2016-yildan beri sodir bo‘lmayotgan katta xaridni amalga oshirishga hamisha tayyorligi va bundan manfaatdor ekanini bildirdi. Baffett 2008-yildagi inqiroz davridagi kabi kompaniyalarga ko‘mak berish niyati yo‘qligini ta’kidlagan.

Avvalroq Berkshire Hathaway hisobotida xoldingning 2020-yil birinchi choragida 49,7 milliard dollar ziyon ko‘rgani ma’lum qilingandi. Eng kuchli moliyaviy konglomeratning aksiyalari narxi 19 foizga tushib ketgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют