» » Qulagan temir ustunlar, ag‘darilgan kombayn — Sardoba suv ombori atrofida talafot yetgan yerlardan fotoreportaj

Qulagan temir ustunlar, ag‘darilgan kombayn — Sardoba suv ombori atrofida talafot yetgan yerlardan fotoreportaj


“Gazeta.uz” nashri Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv omborida to‘g‘on buzilishi oqibatida atrofga suv toshishi sabab talafot yetgan hududda bo‘lib, u yerdan fotoreportaj tayyorlagan.

Fotosuratlarda suv toshqini oqibatida odamlar xonadonlarigacha bo‘lgan hududlar, shuningdek, minglab texnika jalb qilingan to‘g‘on yorig‘ini tiklash ishlari aks etgan.

Avval xabar qilinganidek, toshqin yuz bergan joyda 2 ta brigada tashkil etilib, to‘g‘on yorig‘ining chap va o‘ng qirg‘oqlarida jadal ish olib borilmoqda: katta xarsanglar, beton bloklar va plitalar, boshqa tegishli qurilish materiallari keltirilib, to‘g‘on oldida yarim aylana shaklida to‘siq devor qurilmoqda. Ishchi-muhandislar, haydovchilar uchun barcha sharoit yaratilib bo‘lib, ular kecha-yu kunduz ishlashmoqda.

Sirdaryoda 1-may tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan: toshqin Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholi punktlari va ekinzorlariga zarar yetkazgan, 2-may  holatiga ko‘ra, 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Mavzuga doir: 

Toshkentda suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga gumanitar yordam to‘plash markazi tashkil qilingan, yordam faqat yuk tashish mashinalarida yetkazilishi xabar berilgan edi. Sirdaryo viloyati aholisiga nafaqat Toshkent shahridan, balki O‘zbekistonning boshqa hududlaridan ham yordam yuklari yuborilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo va Andijon viloyatlaridan ham yordam yuklari yuborilgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysidan Sirdaryo va Buxoroga ko‘mak karvonlari yuborilgani haqida xabar berilgan.

Mavzuga doir: Toshkent shahar hokimligi Sardobada suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga barcha mahsulotlar yetkazilgani va ularda hozircha ehtiyoj yo‘qligini bildirdi

Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni yana Sirdaryoga borgan va Sardoba suv ombori hududidagi tiklash-ta’mirlash ishlari bilan tanishgan, tumandagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rgan, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida bo‘lib, aholi bilan suhbat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют