» » Farg‘onada mingga yaqin xonadonga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

Farg‘onada mingga yaqin xonadonga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi


Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida Ramazon oyi munosabati bilan 950 ta ehtiyojmand oilaga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, tumanda “Saxovat va ko‘mak” avtokarvoni tashkil etilib, bir hafta davomida kam ta’minlangan, ko‘p farzandli, karantin sabab daromad manbasidan ajralgan, ishsiz, nogiron, boquvchisini yo‘qotganlarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashilgan.

Tomorqadan unumli foydalanish maqsadida aholiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga sabzavot ko‘chatlari ham tarqatilgan.

Uchko‘prik tumani hokimi Akmal Mahmudaliyevning aytishicha, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati tumandagi 400 dan ortiq tadbirkor tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ular uch oy mobaynida 2118 ta oilani o‘z qaramog‘iga olgan.

Ehtiyojmand oilalarning 900 nafar vakili fermer xo‘jaliklari tomonidan mavsumiy ishga jalb qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют