» » Buxoroda bir umrga qamalgan 73 nafar mahkumning jazosi yengillashtirildi

Buxoroda bir umrga qamalgan 73 nafar mahkumning jazosi yengillashtirildi


Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan jazoni ijro etish koloniyasida umrbodga qamalgan 73 nafar mahkumning jazosi yengillashtirildi. Ular maxsus hisobdan chiqarilib, qattiq tartibli koloniyaga o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudi raisi Mahmud Oripov ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, jazoni ijro etish koloniyasi ma’muriyati insonparvarlik tamoyiliga amal qilgan holda umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 73 nafar mahkumga nisbatan saqlash sharoitini o‘zgartirish to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudiga taqdimnoma kiritgan.

Joriy yilning 30-aprel kuni ushbu koloniyada karantin qoidalariga amal qilingan holda sud yig‘ilishi o‘tkazilgan. Sud qaroriga ko‘ra, 73 nafar mahkumga Jinoyat ijroiya kodeksining 104-moddasi 1-bandi (Intizomiy jazosi yo‘q mahkumlarning saqlash sharoitini o‘zgartirish bilan bog‘liq rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi) hamda Jinoyat protsessual kodeksining 537-moddasi (Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni o‘tash vaqtida o‘zgartirish) qo‘llanilgan. Ikki nafar mahkumga nisbatan esa ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.

“Buxorodagi 17-sonli jazoni ijro etish koloniyasi maxsus tartibli koloniya bo‘lib, bu koloniya ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan, shuningdek, umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Maxsus tartibli koloniyalardagi mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashab, har oyda bir marta oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishi, yil mobaynida ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta telefon orqali so‘zlashuv, uchta posilka va uchta banderol olish huquqiga ega. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar esa muddatni Jinoyat ijroiya kodeksining 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda, ya’ni jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida o‘tkazadi”, — deydi 17-son Jazoni ijro etish koloniyasi bo‘limi boshlig‘i, mayor Jasur Po‘latov.

Shu kuni huquq-tartibot idoralari vakillari koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan suhbat o‘tkazgan. Mahkumlar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, sodir etilgan jinoiy qilmishlarining salbiy oqibatlari, oilasiga va jamiyatga qanchalik zarar yetkazganligi tushuntirib o‘tilgan.

Mavzuga doir: Buxoroda 26 nafar mahkum muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют