» » Shavkat Mirziyoyev: Xonadonlaringizni tiklab, sizlarni yangi uylarga ko‘chirmagunimizcha tinchimayman

Shavkat Mirziyoyev: Xonadonlaringizni tiklab, sizlarni yangi uylarga ko‘chirmagunimizcha tinchimayman


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rgan, qadrdon makoniga qaytgan mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘lgan edi. “O‘zbekiston 24” telekanalida davlat rahbarining aholi bilan muloqotidan lavhalar namoyish etildi.

Ikki-uch kundan beri shu yerdaman. Bir narsani bilinglarki, to o‘zim sizlarning xonadonlaringni tiklab, ko‘plaringni yangi uylarga ko‘chirmagunimizcha tinchimayman. O‘zim ham xuddi sizlardek ahvoldaman. O‘z jamoam bilan mana shunday yashaymiz.

Og‘ir kunimizda ham birga bo‘lamiz, Xudo xohlasa, to‘ylarimizda ham birga bo‘lamiz. Bir yomonlikning bir yaxshiligi ham bor. Yaxshiligi shuki — yangi shahar, yangi tuman, yangi ko‘cha, yangi mahalla, yangi obod qishloq quramiz. Sizlar tinch, men tinchman. Sizlar bor, men bor.

Butun dunyo qarab turibdi, bir-birimizga nisbatan mehrimiz katta, bag‘rimiz kengligini ko‘rsatyapmiz. Sharoit og‘ir, mana shunday talofatdan qudratli bo‘lib, bir-birimizga mehrimiz oshib chiqishimiz kerak. Ilohim sog‘-salomat bo‘linglar!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z xulosalarini beradi”. Shavkat Mirziyoyev Sardoba falokati chuqur tahlil qilinishini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют